Tas-IX - nima?

Страницы :  1, 2  След.

Ответить на тему
 

Ahmadxon ®

Стаж: 4 года 11 месяцев

Сообщений: 100

Симпатии: 8

Ko`pchligimiz Tas-IX tarmog'i haqida eshitganmiz. Uning ichida Internet bepul ekanligidan quvonganmiz. Ammo Tas-IX o`zi nima, degan savolga hamma ham aniq javob bera olmaydi.
Mana shu savolga ZiyoNET tarmogi resurs markazi xodimi Yevgeniy Semyonovich javob beradi:
- Yevgeniy Semyonovich, Internet olamida «sirli» atamalar ko'p uchraydi. Shulardan biri Tas-IX. Shu sababli, suhbatimizni Tas-IX atamasining ma'nosidan boshlasak.
- Albatta, texnik va ilmiy atamalar odamda dastlab ozgina cho'chish va mavhumlik hissini uygotadi. Lekin. Ma'nosini tushunib olganingizdan keyin «o'zingizniki» bolib ketadi. Tas-IX ham shunday. «Tas-IX» atamasidagi «Tas» qisqartmasi «Toshkent» ni anglatadi. Ya'ni Internet trafigi almashinuv nuqtasi yaratilishi haqida kelishuv qabul qilingan joy Toshkent shahri. «IX» esa, ingliz tilidagi «Internet eXchange Point» «Internet almashinuv nuqtasi» iborasidan olingan. Umumiy izohlaganda, Toshkentdagi Internet orqali malumotlar almashinuv nuqtasi deb tariflasak boladi.
- Bunday nuqtani yaratish goyasi qachon tug'ildi? Unga nima turtki bo'lgan?
- Bilasiz, dastlab Internetga ulanish Dial-up modemlar orqali amalga oshirilar edi. Bunda uzog'i bilan 56 Kb/s tezlikni taminlash mumkin bolardi. Keyinchalik, Internet texnologiyalari taraqqiy eta borgach, provayderlar ommaviy ravishda Internetga kengpolosali ulanishni taqdim eta boshladilar. Jumladan, 2004 yildan ADSL texnologiyasi keng kolamda qollanila boshladi. Ushbu texnologiya ham telefon simi orqali aloqaga asoslangan, lekin ADSL-modem ishlatilganda, malumotlarni uzatish telefon signali «ustidan» otadi, shu bois bir vaqtning ozida telefonda suhbatlashish ham, Internetdan foydalanish ham mumkin.
Shu tufayli foydalanuvchilar ishlatadigan trafik hajmi keskin kengaydi. Uning osishi Uznetni dunyo bilan boglab turuvchi tashqi kanalning cheklanganligiga borib taqaldi. Gap shundaki, Uznet ichidagi saytlarga ulanish ham tashqi kanal orqali amalga oshirilardi. Ustiga ustak, kanalni ikki barobar kop ham kirish, ham chiqishda band qilardi. Misol tariqasida aytsak, siz biror saytga murojaat yuborsangiz (kirmoqchi bo'lsangiz), u sayt yurtimizdagi serverlarda joylashgan bolsa ham, baribir tashqi xalqaro tarmoqqa chiqib, so'ng yana ortga qaytib, kerakli saytga yetib borardi. Tashqi Internetga chiqish kanali hajmi esa, cheklangan. Shu tufayli, ozimizdagi saytlarga kirish ham sekin kechadigan bolib qolgandi.
Mana shu vaziyat O'zbekiston provayderlarining Uznet ichida trafik almashish nuqtasini yaratish uchun oz kuchlarini birlashtirishlariga sabab boldi. Maqsad yurtimizdagi bir provayder (masalan, Sarkor) mijozlari boshqa mahalliy provayder (masalan, TPS)da xostingda turgan saytga tashqi kanal orqali emas, balki ozimizning trafik almashish nuqtamiz orqali kirishlarini taminlash edi. Birgalikdagi say-harakatlar natijasida, 2004 yil 24-oktyabrda Tas-IX tashkil topdi.
- Tas-IX ning bugungi kundagi holati qanday? U foydalanuvchi talabiga qanchalik javob beradi?
- Tas-IX ning dastlabki ishtirokchilari mamlakatimizdagi beshta provayder bolgan. Hozirda esa, ularning soni 30 nafarga yaqinlashib qoldi. Shuni ham aytish kerakki, o'tgan sakkiz yil ichida Uznet ma'lumotlar bilan boyidi. Har qanday qiziqish, har qanday maqsadlardagi foydalanuvchi uchun manfaaatli saytlar yaratildi. Natijada, 2004 yilda provayderlar faoliyatida tashqi trafik 95 foizni tashkil qilgan bo'lsa, hozirda kopgina foydalanuvchilar haftalab ozimizning saytlar boylab «sayohat» qiladilar, tashqi Internetga chiqmaydilar. Chunki o'zimizda ham ko'plab yangi resurslar, ayniqsa yoshlar uchun kongilochar saytlar paydo boldi. «Og'ir» kontentlar filmlar, musiqa kopaydi, ularni katta tezlikda yuklab olish mumkin boldi. Koplab qiziqarli tematik, shaxsiy, koporativ saytlar, bloglar, ijtimoiy tarmoqlar yuzaga keldi.
Deyarli barcha provayderlar Tas-IX dagi saytlarga kirishni tarifga qo'shmaydilar, bu xizmatni bepul taqdim etadilar. Uznetdan tashqariga chiqilmasa, malumotlardan bepul va uzoq foydalanish mumkin.
Manba: www.megabyte.uz, www.soft.zn.uz
Saytni tas-ix tamog'ida joylashganligini tekshirish


Последний раз редактировалось: Ahmadxon (2016-03-14 19:25), всего редактировалось 18 раз(а)

Создавать темы 15-Июн-2013 23:10

[Профиль]  [ЛС] 

4099069

Стаж: 4 года 3 месяца

Сообщений: 23

Симпатии: 6

Ahmadxon, raxmat kottakon) ancha ma'lumootg ega bo'ldim.

Создавать темы 16-Июн-2013 21:17

[Профиль]  [ЛС] 

Overlord22

Стаж: 4 года 2 месяца

Сообщений: 12

Rahmat bilib qo'ygan yaxshi :)

Создавать темы 18-Июн-2013 21:20

[Профиль]  [ЛС] 

Ahmadxon ®

Стаж: 4 года 11 месяцев

Сообщений: 100

Симпатии: 8

Overlord22, albatta!

Создавать темы 18-Июн-2013 21:22

[Профиль]  [ЛС] 

HybridTheory

Стаж: 6 лет 1 месяц

Сообщений: 132

Симпатии: 15

Tas-IX ning dastlabki ishtirokchilari mamlakatimizdagi beshta provayder bolgan. Hozirda esa, ularning soni 30 nafarga yaqinlashib qoldi. Shuni ham aytish kerakki, otgan sakkiz yil ichida Uznet malumotlar bilan boyidi. Har qanday qiziqish, har qanday maqsadlardagi foydalanuvchi uchun manfaaatli saytlar yaratildi. Natijada, 2004 yilda provayderlar faoliyatida tashqi trafik 95 foizni tashkil qilgan bolsa, hozirda kopgina foydalanuvchilar haftalab ozimizning saytlar boylab «sayohat» qiladilar, tashqi Internetga chiqmaydilar
Javobdan qochmay hozir nechchi foizligini aytsa bo`lmasmikan? :)

Создавать темы 21-Июн-2013 19:44

[Профиль]  [ЛС] 

jahongirxxx

Стаж: 4 года 3 месяца

Сообщений: 4

shu Tas-ixda joylashgan saytlardan registratsiyasiz foydalansa trafik sarflanadimi yoki bepulmi?
Masalan: online kino ko`rsa, skachka qilsa?

Создавать темы 13-Окт-2013 15:04

[Профиль]  [ЛС] 

Ahmadxon ®

Стаж: 4 года 11 месяцев

Сообщений: 100

Симпатии: 8

jahongirxxx, sayt tas-ix tizimida bo'lsa bas, reg kerak shart emas. Misol uchun qaysi saytni aytayabsiz?

Создавать темы 13-Окт-2013 16:09

[Профиль]  [ЛС] 

Ilyoss

Стаж: 4 года

Сообщений: 2

misol uchun,,oq ayiq'' ,,ruslanmediya'' kabilar

Создавать темы 13-Окт-2013 17:14

[Профиль]  [ЛС] 

BEK9390

Стаж: 4 года 4 месяца

Сообщений: 124

Симпатии: 4

Ilyoss, oqayiqlar TAS-IXda emas. va albatta shuni bilingki hozirgi paytda juda kop TAS-IX saytlar Saytning ildizi TAS-IX lekin saytdagi qo`shilgan ayrim fayllar TAS-IX emas.

Создавать темы 13-Окт-2013 17:16

[Профиль]  [ЛС] 

Ahmadxon ®

Стаж: 4 года 11 месяцев

Сообщений: 100

Симпатии: 8

Ilyoss, tas-ix saytlarda ba'zida tas-ix da bo'lmagan videolarni ham joylashadi misol uchun YouTube va boshqalarni. Shuning uchun trafik ketib qoladi.

Создавать темы 13-Окт-2013 18:34

[Профиль]  [ЛС] 

jahongirxxx

Стаж: 4 года 3 месяца

Сообщений: 4

misol uchun "mediabay.uz" saytiga registratsiyasiz tv kanallarni ko`rsa trafik ketadimi

Создавать темы 13-Окт-2013 18:54

[Профиль]  [ЛС] 

Otashjon

Стаж: 3 года 10 месяцев

Сообщений: 23

tas-ixdan skachat qisa trafik ketmidimi masalan programma va torent orqalichi

Создавать темы 21-Окт-2013 22:13

[Профиль]  [ЛС] 

HybridTheory

Стаж: 6 лет 1 месяц

Сообщений: 132

Симпатии: 15

Otashjon, tepadan bitta o`qib chiqing, savolga o`rin qolmaydi

Создавать темы 21-Окт-2013 23:18

[Профиль]  [ЛС] 

uran-7

Стаж: 3 года 6 месяцев

Сообщений: 5

Симпатии: 13

saytning tas-ix tizimidami yoqmi shuni bilib olish mumkinmi?

Создавать темы 03-Фев-2014 09:23

[Профиль]  [ЛС] 

zafar-777

Стаж: 7 лет 2 месяца

Сообщений: 1

tps.uz > проверка TAS-IX

Создавать темы 07-Фев-2014 14:03

[Профиль]  [ЛС] 
Показать сообщения:    
Ответить на тему

Текущее время: 20-Авг 13:08

Часовой пояс: UTC + 5



Вы не можете начинать темы
Вы не можете отвечать на сообщения
Вы не можете редактировать свои сообщения
Вы не можете удалять свои сообщения
Вы не можете голосовать в опросах
Вы не можете прикреплять файлы к сообщениям
Вы не можете скачивать файлы